Mazkur bilan men, o‘z ixtiyorim va manfaatlarim asosida harakat qilgan holda, "NAFF MEDICAL" mas’uliyati cheklangan jamiyati (STIR 302978704, keyingi o‘rinlarda — Operator) ning fitagra.uz internet saytida shaxsiy ma’lumotlarimni joylashtirish (kiritish) orqali, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, yangi xizmatlar bo‘yicha takliflar yuborish, so‘rovnomalar, anketa to‘ldirish, reklama va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shu jumladan men bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish uchun ko‘rsatgan aloqa vositalarim orqali aloqaga chiqish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlashga rozilik bildiraman.
Mazkur rozilik yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun zarur va maqsadga muvofiq bo‘lgan har qanday harakatlarni, shu jumladan, cheklanmagan holda: ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, uzatish, shaxsiylashtirishni yo‘qotish (deanonimizatsiya), bloklash va yo‘q qilish kabi shaxsiy ma’lumotlarim bo‘yicha amalga oshirilishini o‘z ichiga oladi. Bu yerda shaxsiy ma’lumotlar deb men tomonidan ushbu saytga kiritilgan barcha ma’lumotlar tushuniladi.
Shuningdek, men Operator tomonidan shaxsiy ma’lumotlarimning avtomatlashtirilgan vositalar (shu jumladan dasturiy ta'minot) yordamida yoki avtomatlashtirilmagan usullar (shu jumladan qog‘ozli materiallar) yordamida qayta ishlanishi mumkinligidan xabardor ekanligimni tasdiqlayman.